Pages

14 апр. 2012 г.

Troll bo‘lma, "Chempion"!


Biroz kechikib bo‘lsa-da, “Chempion” gazetasining  10-aprel sonining muqovasi haqida ikki og‘iz to‘xtalib o‘tmoqchiman.  Hechdan ko‘ra kech, degan gaplar bor, har holda.

Demak, mana o‘sha muqova.



Qalay? Yo‘q, bu yerda e’tiborsizlik bo‘lmagan. Bilmasdan xato qilib qo‘yishmaganini sezish uchun mutaxassis bo‘lish shart emas, menimcha. Xo‘sh unda bu nima? Keling hamma narsani o‘z nomi bilan ataylik. Bu – trolling! Eng ashshaddiy trollar tomonidan qilinadigan ish. Darvoqe, bu o‘shalar qilgan ish ekanligi ham bor gap. Tan olingan. Gazeta hodimlari tomonidan.

Internetda turli mavzulardagi, ayniqsa futbol haqida munozara baxslar yuritiladigan fan-forumlar, bloglar, chatlarda “trollface” (trollturq)larga duch kelgan bo‘lsangiz kerak. 


Ko‘rib turganingiz, trollface komiksi 2008-yilda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da aslida trolling ancha ilgari vujudga kelib ulgurgan.  Futbol muhlislari esa uni ommalashtirishga katta hissa qo‘shishgan.  Xo‘sh, u nima o‘zi?

Internet tilida boshqa internet foydalanuvchilarning ehtiroslarini jumbushga keltirishni maqsad qilgan, hissiyotlar bilan o‘ynashish, provakatsiya orqali hammani o‘ziga qaratishga urinadigan kimsalarni “trollar” deb atashadi.  Ularning provakatsion, ehtiroslarni qo‘zg‘ovchi, boshqalarni asabiga teguvchi postlar qoldirish jarayoni esa trolling deb ataladi. Bu atamaning kelib chiqishi aslida qadimgi yunon afsonalarida uchrovchi troll so‘zidan emas, baliqchilar (Temur Jo‘rayevga salomlar ;)) tomonidan, baliqlarni turli chalg‘ituvchi yo‘llar orqali tutish uslubini anglatuvchi so‘zdan olingan.  Shunchaki, bu haqida bilmaydiganlarga ma’lumot uchun aytib o‘tdim-da.

Yuqorida surati keltirilgan muqovadagi Chempionlar Ligasi yarim finali juftliklari surati keltirilib, “Barselona” ramzi o‘rniga UEFAniki keltirilgan foto, sports.ru saytidan olingan.  Aniqrog‘i,Sports.ru’ning muhlislari uchun ajratilgan maydoni – “Tribuna”da Madridning “Real” klubi muxlisi tomonidan qo‘yilgan. “Barsa”ning azaliy raqibi muxlislaridan biri tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi trolling. Ushbu postni Sports.ru’da ilk bor ko‘rganimda hayolimga kelgan ilk gap: “O, kreativ trolling!”

Bu “tribuna” uchun normal holat. Chunki u yer o‘z nomi bilan tribuna. Muxlislar maydoni. U yerda qanday postlar qo‘yilmagan deysiz? Ehhe... Bu nima bo‘libdi? Lekin...

Lekin, ushbu provakatsion, “Barselona” muxlislarining asabiylashishi uchun, ularning emotsialarini jumbushga keltirish maqsadida qilingan muxlis trollingini mamlakat miqiyosida nashr etiladigan, 10 000 adadli va o‘zbek futbol jurnalistikasida o‘ziga yarasha o‘rniga ega bo‘lgan gazetada, uning muqovasida chiqishi...?! Ushbu muqovani ko‘rganimda hayolimga kelgan birinchi gap: “Naqadar ahmoqlik!”.

“Chempion” o‘zining facebook’dagi sahifasidagi keyinchalik olib tashlagan postlaridan birida ushbu muqova haqida yozar ekan, unga mutaxassis nigohi bilan qarashga chaqiradi. Troll-muxlis qilgan ishni gazeta muqovasigacha olib chiqqan “mutaxassis”ning bu trolling maxsuliga mutaxassis nigohi bilan qarash kerakligiga chaqirishi... Qani bu yerda mantiq?! Qaysi soha mutaxassis nigohi bilan qarash kerak o‘zi? 

Janob mutaxassis, men jurnalistika fakultetida tahsil olmayman. Lekin ushbu soha bilan juda yaxshi darajada bo‘lmasada, yaxshi tanishman. Shu sohada faoliyat olib boraman. Shaxsan men, jurnalist degan diplomga ega bo‘laturib, spekulyatsiyaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan postni normal postdan farqlay olmaydigan, trolling nima ekanligini yaxshi tushunmaydigan insonlarning jurnalistika sohasida faoliyat olib borishi normal holat deb hisoblamayman.

Gazeta tahririyatidan qilingan ishlari uchun izoh so‘ralganida esa gazetaning navbatdagi sonida bu haqida maqola chiqishini aytishdi. Ajoyib!

Birinchidan, maqolada – muallifning shaxsiy qarashlari, vaziyatga munosabatlari aks etadi. Muqova esa tahririyat pozitsiyasini nomoyon etadi. Demak, butun boshli “Chempion” tahririyati “Barselona” yarim finalgacha UEFA yordamida yetib keldi deb hisoblaydi degan xulos chiqarishga to‘la asoslarimiz bor.  Shundaymi?

Ikkinchidan, bir sondagi muqova haqida,  e‘tirozlar sabab, navbatdagi sonda maqola yozish bilan o‘zini oqlashga urinish ham juda kulgili holat. Sizga shunday tuyulmayaptimi?

ADAsia o‘ziningfacebookdagi sahifasiga ushbu muqovani joyladi va izoh qoldirganlardan biriga javob berar ekan, shunday yozadi: “Bobir, поверьте, мы знакомы с европейским футболом очень хорошо. А еще знакомы со многими техниками - техниками появления спекуляций, слухов, троллинга и прочего околофутбольного-фанатского”.

PS.Darvoqe, men na “Real”, na “Barsa” va na “Chelsi” muxlisiman. Bu postning yozilishiga qaysidir bir jamoaga muxlislik sabab bo‘lgani yo‘q. Meni taniydigan insonlar kimga muxlislik qilishimni yaxshi bilishadi.

PSS. Undan tashqari bu gaplarni “Stadion”da ishlayotganim uchun ham yozayotganim yo‘q. Shunchaki ushbu sohaga begona bo‘lmagan oddiy blogger sifatida fikrlarimni bildirdim xolos.  

Restart


Ta-da-a-m!)

MTS kompaniyasining reklama roliklaridan birida aytilganidek “Salom, dostlar! Biz endi birgamiz!”:)

So’ngi paytlarda o’zbek bloggerlari soni tobora ortib borayotgani kishini xursand qilmay qolmaydi. Har holda bundan bir necha yilllar avvalgidek, o‘zbekcha postga duch kelib qolsak, huddi toplima topgandek quvonib, ko‘zimizga surganimiz davrdagiga nisbatan hozirgi vaqtda blogginglik ancha ommalashib qoldi. Yoki menga shunday tuyulyapti. 

Bundan to‘rt yilcha ilgari o’z davri uchun ancha ommabop bo‘lgan blogging servis – LiveJournalda blog yurita boshlagan edim. Ochig‘i men hech qachon juda faol blogger bo‘lmaganman. Yilning eng dangasa bloggeri degan nominatsiya joriy etilsa, qo‘rqmasdan o’z nomzodimni taklif qila olardim.  Shunday bo‘lsa-da, shu yillar davomida ancha gap gapirib qo‘ydim o‘sha yerda. Fikrlar, hayollar, hissiyotlar va turli mavzularga, turli voqealarga munosabatim o‘sha yerda aks etdi.  Ifodasini topdi. Keyin…  Keyin yana qolib ketdi.

Vaqt o‘tdi. Yana fikrlarim, hayollarim, qarashlarim, hissiyot va munosabatlarim bilan o‘rtoqlashish ehtiyojini his etdim. O‘zim uchun qadrli bo‘lib qolgan blogimga yana murojat etganimda esa turli muammolarga duch keldim. Juda ko‘p marotaba LJ hujumlarga uchradi. Hake qilindi. Ishlamadi. Kirib bo‘lmadi. Bu esa hafsalaning yo‘qolishiga olib kleaverdi.

Nihoyat ko‘pchilik yurgan yo‘ldan yurib, ushbu maskanda, mana shu blogni ochishga qaror qildim. Bunda Farhodjon aka Chinberdiyev hamda do‘stim Muhrimning yordamlari katta bo’ldi. Ularga raxmat, sizga esa xush kelibsiz, deyishdan boshqa ilojim yo’q.

Darvoqe, blog nomini, eski blogimdagisi bilan bir xil qilib qoldirishni to‘g‘ri deb hisobladim. Xullas, “Hamma oqishi shart emas” :)
 

Sample text

Sample Text

Sample Text