Pages

14 апр. 2012 г.

Restart


Ta-da-a-m!)

MTS kompaniyasining reklama roliklaridan birida aytilganidek “Salom, dostlar! Biz endi birgamiz!”:)

So’ngi paytlarda o’zbek bloggerlari soni tobora ortib borayotgani kishini xursand qilmay qolmaydi. Har holda bundan bir necha yilllar avvalgidek, o‘zbekcha postga duch kelib qolsak, huddi toplima topgandek quvonib, ko‘zimizga surganimiz davrdagiga nisbatan hozirgi vaqtda blogginglik ancha ommalashib qoldi. Yoki menga shunday tuyulyapti. 

Bundan to‘rt yilcha ilgari o’z davri uchun ancha ommabop bo‘lgan blogging servis – LiveJournalda blog yurita boshlagan edim. Ochig‘i men hech qachon juda faol blogger bo‘lmaganman. Yilning eng dangasa bloggeri degan nominatsiya joriy etilsa, qo‘rqmasdan o’z nomzodimni taklif qila olardim.  Shunday bo‘lsa-da, shu yillar davomida ancha gap gapirib qo‘ydim o‘sha yerda. Fikrlar, hayollar, hissiyotlar va turli mavzularga, turli voqealarga munosabatim o‘sha yerda aks etdi.  Ifodasini topdi. Keyin…  Keyin yana qolib ketdi.

Vaqt o‘tdi. Yana fikrlarim, hayollarim, qarashlarim, hissiyot va munosabatlarim bilan o‘rtoqlashish ehtiyojini his etdim. O‘zim uchun qadrli bo‘lib qolgan blogimga yana murojat etganimda esa turli muammolarga duch keldim. Juda ko‘p marotaba LJ hujumlarga uchradi. Hake qilindi. Ishlamadi. Kirib bo‘lmadi. Bu esa hafsalaning yo‘qolishiga olib kleaverdi.

Nihoyat ko‘pchilik yurgan yo‘ldan yurib, ushbu maskanda, mana shu blogni ochishga qaror qildim. Bunda Farhodjon aka Chinberdiyev hamda do‘stim Muhrimning yordamlari katta bo’ldi. Ularga raxmat, sizga esa xush kelibsiz, deyishdan boshqa ilojim yo’q.

Darvoqe, blog nomini, eski blogimdagisi bilan bir xil qilib qoldirishni to‘g‘ri deb hisobladim. Xullas, “Hamma oqishi shart emas” :)

Комментариев нет:

Отправить комментарий

 

Sample text

Sample Text

Sample Text