Biroz kechikib
bo‘lsa-da, “Chempion” gazetasining
10-aprel sonining muqovasi haqida ikki og‘iz to‘xtalib o‘tmoqchiman. Hechdan ko‘ra kech, degan gaplar bor, har
holda.
Demak, mana o‘sha
muqova.
Qalay? Yo‘q, bu yerda
e’tiborsizlik bo‘lmagan. Bilmasdan xato qilib qo‘yishmaganini sezish uchun
mutaxassis bo‘lish shart emas, menimcha. Xo‘sh unda bu nima? Keling hamma
narsani o‘z nomi bilan ataylik. Bu – trolling! Eng ashshaddiy trollar tomonidan
qilinadigan ish. Darvoqe, bu o‘shalar qilgan ish ekanligi ham bor gap. Tan
olingan. Gazeta hodimlari tomonidan.
Internetda turli
mavzulardagi, ayniqsa futbol haqida munozara baxslar yuritiladigan
fan-forumlar, bloglar, chatlarda “trollface” (trollturq)larga duch kelgan
bo‘lsangiz kerak.
Ko‘rib
turganingiz, trollface komiksi 2008-yilda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da aslida
trolling ancha ilgari vujudga kelib ulgurgan.
Futbol muhlislari esa uni ommalashtirishga katta hissa qo‘shishgan. Xo‘sh, u nima o‘zi?
Internet tilida
boshqa internet foydalanuvchilarning ehtiroslarini jumbushga keltirishni maqsad
qilgan, hissiyotlar bilan o‘ynashish, provakatsiya orqali hammani o‘ziga
qaratishga urinadigan kimsalarni “trollar” deb atashadi. Ularning provakatsion, ehtiroslarni
qo‘zg‘ovchi, boshqalarni asabiga teguvchi postlar qoldirish jarayoni esa
trolling deb ataladi. Bu atamaning kelib chiqishi aslida qadimgi yunon
afsonalarida uchrovchi troll so‘zidan emas, baliqchilar (Temur Jo‘rayevga
salomlar ;)) tomonidan, baliqlarni turli chalg‘ituvchi yo‘llar orqali tutish
uslubini anglatuvchi so‘zdan olingan.
Shunchaki, bu haqida bilmaydiganlarga ma’lumot uchun aytib o‘tdim-da.
Yuqorida surati
keltirilgan muqovadagi Chempionlar Ligasi yarim finali juftliklari surati
keltirilib, “Barselona” ramzi o‘rniga UEFAniki keltirilgan foto, sports.ru
saytidan olingan. Aniqrog‘i,Sports.ru’ning muhlislari uchun ajratilgan maydoni – “Tribuna”da Madridning “Real”
klubi muxlisi tomonidan qo‘yilgan. “Barsa”ning azaliy raqibi muxlislaridan biri
tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi trolling. Ushbu postni Sports.ru’da ilk
bor ko‘rganimda hayolimga kelgan ilk gap: “O, kreativ trolling!”
Bu “tribuna”
uchun normal holat. Chunki u yer o‘z nomi bilan tribuna. Muxlislar maydoni. U
yerda qanday postlar qo‘yilmagan deysiz? Ehhe... Bu nima bo‘libdi? Lekin...
Lekin, ushbu
provakatsion, “Barselona” muxlislarining asabiylashishi uchun, ularning
emotsialarini jumbushga keltirish maqsadida qilingan muxlis trollingini
mamlakat miqiyosida nashr etiladigan, 10 000 adadli va o‘zbek futbol
jurnalistikasida o‘ziga yarasha o‘rniga ega bo‘lgan gazetada, uning muqovasida chiqishi...?!
Ushbu muqovani ko‘rganimda hayolimga kelgan birinchi gap: “Naqadar ahmoqlik!”.
“Chempion”
o‘zining facebook’dagi sahifasidagi keyinchalik olib tashlagan postlaridan birida ushbu muqova haqida yozar ekan, unga mutaxassis
nigohi bilan qarashga chaqiradi. Troll-muxlis qilgan ishni gazeta muqovasigacha
olib chiqqan “mutaxassis”ning bu trolling maxsuliga mutaxassis nigohi bilan qarash
kerakligiga chaqirishi... Qani bu yerda mantiq?! Qaysi soha mutaxassis nigohi
bilan qarash kerak o‘zi?
Janob mutaxassis,
men jurnalistika fakultetida tahsil olmayman. Lekin ushbu soha bilan juda yaxshi darajada bo‘lmasada, yaxshi tanishman. Shu sohada faoliyat olib
boraman. Shaxsan men, jurnalist degan diplomga ega bo‘laturib, spekulyatsiyaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan
postni normal postdan farqlay olmaydigan, trolling nima ekanligini yaxshi
tushunmaydigan insonlarning jurnalistika sohasida faoliyat olib borishi normal
holat deb hisoblamayman.
Gazeta
tahririyatidan qilingan ishlari uchun izoh so‘ralganida esa gazetaning
navbatdagi sonida bu haqida maqola chiqishini aytishdi. Ajoyib!
Birinchidan,
maqolada – muallifning shaxsiy qarashlari, vaziyatga munosabatlari aks etadi.
Muqova esa tahririyat pozitsiyasini nomoyon etadi. Demak, butun boshli “Chempion”
tahririyati “Barselona” yarim finalgacha UEFA yordamida yetib keldi deb
hisoblaydi degan xulos chiqarishga to‘la asoslarimiz bor. Shundaymi?
Ikkinchidan, bir
sondagi muqova haqida, e‘tirozlar sabab,
navbatdagi sonda maqola yozish bilan o‘zini oqlashga urinish ham juda kulgili
holat. Sizga shunday tuyulmayaptimi?
ADAsia o‘ziningfacebookdagi sahifasiga ushbu muqovani joyladi va izoh qoldirganlardan biriga javob berar ekan, shunday yozadi: “Bobir, поверьте, мы знакомы с европейским футболом очень хорошо. А еще знакомы со многими техниками - техниками появления спекуляций, слухов, троллинга и прочего околофутбольного-фанатского”.
PS.Darvoqe, men
na “Real”, na “Barsa” va na “Chelsi” muxlisiman. Bu postning yozilishiga
qaysidir bir jamoaga muxlislik sabab bo‘lgani yo‘q. Meni taniydigan insonlar
kimga muxlislik qilishimni yaxshi bilishadi.
PSS. Undan
tashqari bu gaplarni “Stadion”da ishlayotganim uchun ham yozayotganim yo‘q. Shunchaki
ushbu sohaga begona bo‘lmagan oddiy blogger sifatida fikrlarimni bildirdim xolos.
Комментариев нет:
Отправить комментарий